Live
7
O'zbek

«Aston Villa» «Milan» bilan Tomori transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Futbol
25 oktabr, 06:09
Birminghem klubi qishda ingliz himoyachisini safiga qo‘shib olmoqchi.
«Aston Villa» «Milan» bilan Tomori transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Foto: Getty Images

«Milan» himoyachisi Fikayo Tomori qishki transfer oynasida Angliya Premyer Ligasiga qaytishi mumkin. Avvalroq u Londonning «Chelsi» klubida to‘p surgan.

Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, «Aston Villa» italiyalik klub bilan 28 yoshli futbolchining transferi yuzasidan bog‘langan. «Milan» Tomori bilan xayrlashishga qarshi emas, chunki uning amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi. Shu sababli klub himoyachini qishda sotib, undan daromad olishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Tomori «Milan» safida 2021-yil yozidan buyon to‘p tepmoqda. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tomorining «Aston Villa»ga o‘tishi hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar