Live
4
O'zbek

«Siti» «Aston Villa»ga yutqazgan bahsda Abduqodir Husanovning harakatlari qanday baholandi?

Futbol
24 oktabr, 17:51
Husanov o‘yin davomida jami 92 marta to‘pga tegindi.
«Siti» «Aston Villa»ga yutqazgan bahsda Abduqodir Husanovning harakatlari qanday baholandi?
Фото: Getty Images
24.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Aston Villa Aston Villa 2 : 1 Manchester Siti Manchester Siti

«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasining 8-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda (1:2) jamoadoshlari orasida ikkinchi eng yuqori bahoni oldi.

Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Sofascore portali himoyachining o‘yindagi harakatlarini 7,4 ball bilan baholadi.

Husanov o‘yin davomida jami 92 marta to‘pga tegindi. U jami 66 ta uzatmaning 59 tasini aniq amalga oshirdi (89 foiz aniqlik).

Himoyachilar orasida Mark Gehi eng past ballga loyiq topildi. Angliyalik futbolchi 5,8 ball oldi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb o‘yinda dubl muallifiga aylangan «Aston Villa» hujumchisi Nikolas Jekson topildi — 9,5 ball.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar