Bugun
45
O'zbek

Keyn «Man Siti»ga o‘tishga yaqin bo‘lgan

Futbol
22 oktabr, 06:45
Kayl Uokerning aytishicha, hujumchi «Tottenhem»da o‘ynagan paytida sovrinlar uchun kurashishni istagan.
Keyn «Man Siti»ga o‘tishga yaqin bo‘lgan
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn faoliyatining «Tottenhem»dagi davrida «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan. Bu haqda «shaharliklar»ning sobiq futbolchisi Kayl Uoker talkSPORT Drive efirida ma’lum qildi.

«Keyn «Manchester Siti»ga o‘tishga juda yaqin edi. Menimcha, u faoliyatining sovrinlar uchun kurashishni istagan bosqichida edi. U buyuk futbolchi, ammo o‘sha paytda hali hech qanday sovrin yutmagandi. Biroq klublar o‘zaro kelisha olmadi», — dedi Uoker.

Ma’lumot uchun, Keyn 2009–2023-yillarda «Tottenhem» safida to‘p surgan. 2023-yil yozida u 95 million yevro evaziga «Bavariya»ga ko‘chib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Myunxen klubiga o‘tganidan keyin Keyn Germaniya chempionligini ikki marta qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u mamlakat kubogi va ikki marta Superkubok sohibiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Tottenhem Tottenhem
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar