Bugun
45
O'zbek

«Man Siti» «Bryugge» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
22 oktabr, 05:45
Nikolo Tresoldi APLning bir nechta klubi, jumladan, «Chelsi» va «Nyukasl» e’tiborini tortgan.
«Man Siti» «Bryugge» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

Belgiyaning «Bryugge» klubi hujumchisi Nikolo Tresoldi Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Siti», «Chelsi», «Nyukasl», «Lids» va «Everton» nemis futbolchisining o‘yinlarini kuzatib bormoqda.

Qayd etilishicha, klublar Tresoldining ushbu mavsumdagi o‘yinlaridan mamnun. Uning samarali harakatlari APL vakillarining qiziqishini kuchaytirgan.

Ma’lumot uchun, Tresoldining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda. Uning «Bryugge» bilan shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi Belgiya chempionatining ushbu mavsumida sakkizta bahsda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Club Brugge Club Brugge
Bugungi yangiliklar