Bugun
38
O'zbek

Foden «Man Siti» tarixida YCHLda het-trik qayd etgan oltinchi futbolchi bo‘ldi

Futbol
21 oktabr, 00:40
    2
Angliyalik yarimhimoyachi AEK darvozasiga uchta gol urib, jamoasining 5:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Foden «Man Siti» tarixida YCHLda het-trik qayd etgan oltinchi futbolchi bo‘ldi
Foto: Getty Images
20.10.2026 FT Chempionlar ligasi Manchester Siti Manchester Siti 5 : 1 AEK Athens AEK Athens

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fil Foden Chempionlar ligasida jamoa safida het-trik qayd etgan oltinchi futbolchiga aylandi. U musobaqa umumiy bosqichining 3-turida AEK darvozasiga uchta gol urdi.

Angliyalik futbolchi 34, 65 va 76-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu bahsda «Manchester Siti» 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoaning qolgan gollarini Riko Lyuis va Rayan Sherki kiritdi.

Ma’lumot uchun, Fodendan avval «Manchester Siti» safida Serxio Aguero, Alvaro Negredo, Gabriel Jezus, Rahim Sterling va Erling Holand Chempionlar ligasida het-trik qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Foden ushbu mavsumda Chempionlar ligasining ikkita bahsida uchta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. «Manchester Siti» umumiy bosqichning 4-turida 4-noyabr kuni «Leypsig» bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • AEK Athens AEK Athens
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar