Live
2
O'zbek

«Manchester Siti»dan katta miqdorda ochko tortib olinishi mumkin – Daily Mail

Futbol
19 oktabr, 11:45
    23
Jamoadan katta miqdorda ochko olib tashlanishi va yirik jarima qo‘llanishi taxmin qilinmoqda.
«Manchester Siti»dan katta miqdorda ochko tortib olinishi mumkin – Daily Mail
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni ko‘p marta buzgani uchun jiddiy jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Avvalroq mustaqil komissiya klubni aybdor deb topganidan keyin «shaharliklar» ushbu qaror ustidan apellyatsiya bergan.

Nufuzli nashr «Manchester Siti» atrofidagi vaziyatga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi. Unda aytilishicha, Angliya Premer-ligasi klubga nisbatan jazo chorasini apellyatsiya bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilishidan oldin e’lon qilish niyatida. Chunki apellyatsiya natijasi yanvar oyi oxirigacha ma’lum bo‘lishi dargumon.

Ehtimol, jazo sifatida «Manchester Siti»dan katta miqdorda ochko olib tashlanishi va yirik jarima qo‘llanishi taxmin qilinmoqda.

Bu esa «shaharliklar»ning kamida bir mavsum davomida Angliyaning ikkinchi divizioni — Chempionshipda ishtirok etishiga olib kelishi mumkin.

Ochkolarning ko‘p miqdorda olib tashlanishi jamoaning Chempionshipda bir emas, bir necha mavsum o‘tkazishiga ham sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Shu bilan birga, «Manchester Siti» Angliyaning to‘rtinchi divizioni — Liga 2 ga tushirilmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

23 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar