Bugun
26
O'zbek

Kurtua «Real» bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytiradi

Futbol
19 oktabr, 16:25
Tibo 2018 yildan beri madridliklar safida harakat qilib kelmoqda.
Kurtua «Real» bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytiradi
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi darvozabon Tibo Kurtua bilan yaqin orada rasman shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qirollik» klubi rahbariyati va belgiyalik 34 yoshli darvozabonning vakillari allaqachon to‘liq og‘zaki kelishuvga erishgan.

Ayni paytda madridliklar yuristlari va Kurtuaning tomoni shartnomani imzolash uchun so‘nggi hujjatlarni almashmoqda. Yangi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Kurtua 2018 yilning avgust oyida «Chelsi»dan ko‘chib o‘tganidan beri madridliklar safida harakat qilib kelmoqda. U «Real» tarkibida Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan va bir necha bor Ispaniya chempioni bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar