«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning bu mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yini haqida fikr bildirdi.
Kataloniyaliklar Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida ketma-ket 11 ta g‘alabaga erishdi.
«Barselona» ko‘p mehnat qilayotgani, mas’uliyat va intizom bilan ish olib borayotgani uchun ustunlikka erishmoqda. Maqsadimiz — Ispaniya futbolidagi ustunligimizni davom ettirish. Shuningdek, Yevropa futbolida ham yetakchilik qilishni istaymiz. Eng asosiy maqsad sifatida Chempionlar ligasida g‘olib chiqish vazifasini qo‘yganmiz. So‘nggi yillarda bizdan uzoqlashib kelayotgan ushbu sovrinni qo‘lga kiritishni xohlaymiz», — deya Laportaning so‘zlarini The Touchline nashri keltirdi.
eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi 20 oktabr kuni Chempionlar ligasida «PSJ»ga qarshi bellashadi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatida «Barselona» 9 ta turdan keyin 27 ochko jamg‘arib, peshqadamlik qilmoqda.