Aichi-Nagoyada o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik para suzuvchilar ketma-ket oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Ayollar o‘rtasida C5 klassida 50 metrga erkin usulda kechgan bahslarda Lolaxon Qodirova 37,88 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Qodirova ushbu natijasi bilan Osiyo rekordini ham o‘rnatib, musobaqani tarixiy natija bilan yakunladi.
Erkaklar o‘rtasida C13 klassida 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida esa Yegor Bolotov 52,90 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalga ega chiqdi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi