Fransiya chempionatining 7-turida «Parij» klubi «Renn»ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi.
Muxlislar ushbu bellashuvda penaltidan urilgan 4 ta golning guvohi bo‘lishdi. Nantlik bosh hakam Bastien Deshepi tomonidan belgilangan to‘rttala penalti ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Liga 1da so‘nggi 20 yil ichida bir o‘yin davomida bunchalik ko‘p penalti belgilanishi ilk bor kuzatildi.
E’tiborlisi, «Renn»ning uchala to‘pi ham penalti zarbalari orqali kiritildi. Uchala penaltini ham Esteban Lepol aniq amalga oshirdi. U 1992-yil yanvar oyida «Tulon» safida «Nansi»ga qarshi bahsda penaltidan xet-trik qayd etgan Leonardo Rodrigesdan keyin Fransiya yuqori divizionida bir o‘yinda penaltidan 3 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Fransiya chempionatining keyingi turida «Parij» 24-oktabr kuni safarda «Lans» mehmoni bo‘ladi. «Renn» esa o‘z maydonida «Strasburg» jamoasini qabul qiladi.
Liga 1da 20 yildan beri kuzatilmagan holat sodir bo‘ldi
Futbol
19 oktabr, 07:04
3
«Parij» — «Renn» bahsida 4 bor penalti belgilandi.
Foto: Getty Images
18.10.2026
FT
Liga 1 Fransiya
Paris FC
4
:
3
Rennes
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi