«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio 19 yoshli Yan Diomande qaysi jihatlar bo‘yicha o‘z o‘yinini yaxshilashi kerakligi haqida fikr bildirdi.
Kot-d’Ivuarlik futbolchi Ispaniya La Ligasida «Sevilya»ga (4:1) qarshi bahsda ajoyib o‘yin namoyish etib, bittadan gol va assist muallifiga aylandi.
«U o‘yinning turli jihatlari bo‘yicha hali ko‘p narsalarni o‘rganishi kerak. Ayniqsa, hujumlarni yakunlash borasida. U tez-tez xavfli vaziyatlarga boradi, ammo raqib darvozasi oldida o‘zini bosik tutishni va to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rganishi lozim.
U menga Vinisiusning yoshligini eslatadi», — deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Chorshanba kuni «Real» YChLda Diomandening sobiq jamoasi — «Leypsig»ga qarshi maydonga tushadi. Iste’dodli futbolchining transferi madridliklarga bonuslarni qo‘shmaganda 125 million yevroga tushgan.
Mourinio: «Diomande Vinisiusning yoshligini eslatadi»
Futbol
19 oktabr, 07:47
3
«Real» bosh murabbiyi ivuarlik vingerning qaysi jihatlar bo‘yicha ishlashi kerakligini aytdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi