Live
2
O'zbek

Lizarazyu «Oltin to‘p»ni Yamal yutishi kerakligini ikki mezon bo‘yicha izohladi

Futbol
19 oktabr, 08:30
    28
Fransiyalik sobiq himoyachining fikricha, sovrin aynan ispaniyalik vingerga berilishi kerak.
Lizarazyu «Oltin to‘p»ni Yamal yutishi kerakligini ikki mezon bo‘yicha izohladi
Foto: Getty Images

Fransiyalik sobiq himoyachi, 1998-yilgi Jahon chempionati g‘olibi Biksant Lizarazyu nima sababdan «Oltin to‘p» mukofotini Lamin Yamal olishi kerakligini tushuntirdi.

Mukofotni topshirish marosimiga atigi bir hafta qoldi. Tadbir 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

«Men o‘z mezonlarimga amal qilishga harakat qilaman. Birinchi mezon — jamoaviy yutuqlar. Ortimizda Chempionlar ligasi va Jahon chempionati kabi ikkita muhim musobaqani o‘z ichiga olgan mavsum turibdi. Shuning uchun asosiy da’vogarlar qatorida Xvicha Kvaratsxeliya, Lamin Yamal va Usmon Dembele bo‘ladi.

Ikkinchi mezon — maydondagi daholik. Bu borada men uchun faqat bitta nomzod qoladi — Yamal. Uning so‘nggi paytlarda ko‘rsatayotgan o‘yiniga qarang... Uning saviyasi yanada oshdi.

Ha, u 2026-yilgi mundialda favqulodda natija ko‘rsata olmadi, ammo baribir jahon chempioni va fenomenal futbolchi»
, — deya Lizarazyuning so‘zlarini keltiradi Actu Foot.

O‘tgan yili «Oltin to‘p» sovrini Usmon Dembelega nasib etgan, Lamin Yamal esa ovoz berish natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barcelona Barcelona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

28 izoh +6 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar