Bugun
26
O'zbek

Koutinio: «Barsa» taklifini qabul qilganimdan so‘ng Klopp qarorimdan juda jahli chiqdi»

Futbol
19 oktabr, 04:30
Filippe «ko‘k-anorranglilar»ga ketish qarori haqida germaniyalik mutaxassis nima deganini esladi.
Koutinio: «Barsa» taklifini qabul qilganimdan so‘ng Klopp qarorimdan juda jahli chiqdi»
Foto: Getty Images

«Liverpul» sobiq yarim himoyachisi Filippe Koutinio Yurgen Klopp uning «Barselona»ga o‘tish qaroriga qanday munosabat bildirganini esladi.

«Ba’zan ortga nazar tashlasam, «Liverpul»dan ketib, faoliyatimdagi eng katta xatoga yo‘l qo‘yganimni his qilaman. Vaqt naqadar tez o‘tib ketadi…

«Barselona» taklifini qabul qilganimdan so‘ng Yurgen Klopp qarorimdan juda jahli chiqdi. Chunki u ketishim haqida ma’lum bo‘lishidan bir necha hafta oldin bu jamoada menga qanday rol ajratilayotganini tushuntirgandi.

U mashg‘ulotlardagi harakatlarimni kuzatib yurardi. Bir mashg‘ulotdan keyin yonimga kelib: «Hoy, Fil, bir necha hafta oldin kelasi mavsum rejalari haqida gaplashganimizdan so‘ng qanday qilib bunday qarorga kelding?» — deb so‘radi.

Men jim qoldim. U esa yana so‘radi, endi javob berishim kerak edi. Men Ispaniyada yangi chaqiriqni qabul qilmoqchi ekanimni aytdim. Balki «Barselona»ning taklifini rad eta olmagandirman.

O‘sha vaqtda qolib, Yurgen Klopp bilan ishlashni davom ettirmaganimdan afsusdaman. Chunki hammasi men rejalashtirgandek kechmadi va men istagan sovrinlarni qo‘lga kirita olmadim», — dedi Koutinio.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 2018 yil qishida Koutiniyoni «Liverpul»dan 120 million yevro evaziga sotib olgandi. Hozirda braziliyalik futbolchi «Santos»da to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Barselona Barselona
  • Santos FC Santos FC
Bugungi yangiliklar