Live
1
O'zbek

Van Deyk «Barsa»ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi

Futbol
18 oktabr, 22:30
    22
Kataloniya klubi himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Van Deyk «Barsa»ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi
Foto: Getty Images

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Toskills Sports UK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, niderlandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan «Barselona» manfaatdor. Kataloniya klubi agar himoyachi «Liverpul» bilan yangi shartnoma imzolamasa, uni 2027-yil yozida erkin agent sifatida jamoaga jalb etishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Van Deyk 2018-yil 1-yanvar kuni «Sautgempton»dan «Liverpul»ga 75 million funt sterling evaziga ko‘chib o‘tgandi. Niderlandiyalik himoyachi mersisaydliklar safida 383 ta uchrashuvda maydonga tushib, 36 ta gol urgan. Uning hisobida 15 ta assist ham mavjud.

Van Deyk klub bilan Chempionlar Ligasi (2019), UEFA Superkubogi (2019), klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2019), APL (2019/20, 2024/25), Angliya kubogi (2022) va Angliya Liga kubogida (2022, 2024) g‘olib chiqqan.

Avvalroq «Liverpul» van Deyk bilan shartnomani uzaytirishga tayyor ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Liverpul Liverpul
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar