Live
1
O'zbek

Rafinya «Barselona» safidagi o‘yinlar soni bo‘yicha Neymarga yetib oldi

Futbol
19 oktabr, 02:10
    9
Braziliyalik vingер klub safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan braziliyalik futbolchilar orasida 5-o‘ringa chiqib oldi.
Rafinya «Barselona» safidagi o‘yinlar soni bo‘yicha Neymarga yetib oldi
Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Rafinya La Liganing 9-tur doirasidagi «Betis»ga qarshi uchrashuvda (5:2) maydonga tushib, kataloniyaliklar safidagi 186-o‘yinini o‘tkazdi.

Shu tariqa, braziliyalik futbolchi vatandoshi Neymar bilan tenglashdi va «Barselona» tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan braziliyalik futbolchilar orasida beshinchi o‘rindan joy oldi. Ulardan ko‘proq uchrashuvda faqat Dani Alves (408), Rivaldo (235) va Ronaldinyo (207) maydonga tushgan.

Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli Rafinya 2022-yildan buyon «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa safidagi 186 ta uchrashuvda 89 ta gol urgan va 62 ta assist amalga oshirgan. Neymar esa shuncha o‘yinda 105 ta gol va 76 ta assist qayd etgan.

Qayd etish lozim, ushbu mavsumdan boshlab Rafinya klubning birinchi sardori ham hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar