Ispaniya chempionatining 9-turida «Barselona» safarda «Betis» bilan bellashdi. Gollar shousiga aylangan bahsda kataloniyaliklar 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Yamal, Rodri, Jezus, Erik Garsiya va Olmo «Barselona» safida gol urdi. Bernal 60-daqiqada maydondan chetlatildi.
Bu g‘alabadan so‘ng Flik jamoasi 27 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. «Betis» esa 19 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda.
La Liga. 9-tur
Betis — Barselona 2:5
Gollar: Gomes 27, Abde 53 – Yamal 10, Rodri 41, Jezus 51, Erik Garsiya 62, Olmo 81.
Betis — Vallas, Bellerin (Ortiz, 70), Lorente, Gomes, Fran Garsiya, Bernal, Sebalyos (Deossa, 46), Fornals (Fidalgo, 70), Lo Chelso (Rikelme, 64), Abde, Gucho Ernandes (Perrott, 64).
Barselona — Joan Garsiya, Kunde, Kubarsi, Jerar Martin, Espart, Pedri, Fermin Lopes (Olmo, 62), Rodri, Jezus (Gavi, 80), Adeyemi (Gordon, 62), Yamal (Rafinya, 70).
Chetlatish: Bernal 60.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi