«Manchester Siti» klubi Angliya Premer-ligasi 7-turi doirasida «Ipsvich Taun»ni (3:2) mag‘lubiyatga uchratdi. Shunday qilib, manchesterliklar Angliya chempionati ushbu mavsumida mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.
«Manchester Siti» g‘alabali seriyasi doirasida «Bornmut» (2:1), «Kristal Pelas» (4:1), «Koventri Siti» (1:0), «Manchester Yunayted» (1:0), «Sanderlend» (5:3), «Liverpul» (3:0) va «Ipsvich Taun» jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi turda «shaharliklar» 24 oktyabr kuni safarda «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» hozirda 21 ochko bilan APL musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mareska «PSJ»ga qarshi bahsdagi xatosini tan olgan edi.