Jahon reytingida 29-o‘rinni egallab turgan braziliyalik tennischi Joao Fonseka mavsumni muddatidan oldin yakunlayotganini ma’lum qildi.
«Ko‘pchiligingiz bilganidek, tiklanishga 100% e’tibor qaratishim uchun, mavsumning «Osiyo qismi»ni o‘tkazib yuborishga qaror qildim. Maqsad Bazeldagi titulni himoya qilish uchun qaytish va yillik mavsumni Parijdagi «Masters»da yakunlash edi. Biroq, men va jamoam shu qarorga keldikki, men hali ham shzim istagan darajada raqobatlashish uchun ideal sport formamda emasman, shoshib qaytishning hojati yo‘q. Shu bois, tiklanishni ustun qo‘yish va 2027 yilga mo‘ljallangan rejalarga e’tibor qaratishga qaror qilindi.
Yil davomida ko‘rsatgan mehringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun hammaga tashakkur. Tez orada yana kortda ko‘rishguncha», — deb yozdi Fonseka ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali.