Italiya chempionatining 7-turida “Inter” safarda “Bolonya” bilan bahslashdi. Amaldagi chempion 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. Dastlab Pobega mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Keyinchalik Tyuram, Karlos Augusto va Bonni gollarga mualliflik qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng “Inter” 19 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. “Bolonya” esa 5 ochko jamg‘arib, 14-o‘rinda bormoqda.
A Seriya. 7-tur
Bolonya — Inter 1:3
Gollar: Pobega 10 – Tyuram 44, Karlos Augusto 69, Bonni 84
Bolonya – Skorupski, Teat, Darmian, Kazale, Pobega (Moro, 76), Zortea, Ferguson, Miranda, Pikkoli E (Enem, 30), Bernardeski, Kambyagi (Dovbik, 76).
Inter – Josep Martines, Bissek, Akanji, Bastoni, Enrike, Dimarko, Barella, Zelinski (Chalhono‘g‘li, 79), Suchich, Esposito (Bonni, 58), Tyuram (Mxitaryan, 79).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi