Italiyaning «Venetsiya» klubi bosh murabbiy Jovanni Stroppa bilan hamkorlikni to‘xtatganini rasman e’lon qildi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Mutaxassis «Atalanta»ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahsdan so‘ng lavozimini tark etdi. A Seriyaning olti turidan keyin «Venetsiya» ochko jamg‘ara olmagan holda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.
Ma’lumot uchun, klub natijalardan ko‘ngli to‘lmaganiga qaramay, Stroppaga bajargan ishi uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, uning o‘tgan mavsum yakunida jamoani A Seriyaga olib chiqqani alohida e’tirof etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2026/27-yilgi mavsumda A Seriyada murabbiy iste’fosining bu to‘rtinchisi bo‘ldi. Sentabr oyida «Fiorentina», «Bolonya» va «Parma» ham bosh murabbiylarini almashtirgandi.