Yevropa Chempionlar ligasida 2-tur yakunlandi.
«Manchester Siti» (3, 17-o‘rin) amaldagi chempion «PSJ»ni (6, 1-o‘rin) qabul qilib, 4 bor to‘p o‘tkazib yubordi. «Shaharliklar» safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
«Real» (6, 8-o‘rin) Rimda «Roma»ga (1, 25-o‘rin) qarshi bahsda fantastik kambek amalga oshirdi. Madrid klubi 84, 86 va 90-daqiqalarda gollar urib, 1:3 hisobini 4:3 ga aylantirdi.
Shuningdek, «Aston Villa» (6, 3-o‘rin) «Fenerbahche» (1, 28-o‘rin) darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi, «Betis» (6, 9-o‘rin) «Portu» (0, 30-o‘rin) ustidan irodali g‘alabaga erishdi, «Shaxtyor» (4, 11-o‘rin) va «Shtutgart» (6, 4-o‘rin) ham 3 ochko oldi, «Borussiya D» (3, 18-o‘rin) Norvegiyada «Budyo-Glimt»ga (3, 24-o‘rin) yutqazdi.
YChL. 2-tur. 14 oktyabr
Manchester Siti — PSJ 2:4
Gollar: Holand (53, 75) — Due (13), Dembele (15), Vitinya (32), Aklyush (62).
Foydalanilmagan penalti: Torres (90).
Manchester Siti — Donnarumma, Husanov, Gehi, Diash (Nunesh, 46), Gvardiol, Anderson, Fernandes (O‘Rayli, 90), Sherki (Ndiaye, 46), Semenyo, Doku (Buaddi, 46), Holand.
PSJ — Safonov, Hakimi, Markinos, Pacho, Mendes, Zair-Emeri (Beraldo, 84), Vitinya, Ruis (Ernandes, 84), Akliush (Nevesh, 76), Due (Kvaratsxeliya, 66), Dembele (Torres, 76).
Ogohlantirishlar: Semenyo (61), Zair-Emeri (69).
Roma — Real 3:4
Gollar: de Ron (20), Malen (51, 57) — Mbappe (25), Espi (84), Endrik (86), Ryudiger (90).
Roma — Gollini, Manchini (Balerdi, 63), Ndika, Ermoso (Kulierakis, 81), Molina, de Ron, Kone (Pizilli, 17), Uesli, Dibala (Mora, 46), Soule (Pellegrini, 63), Malen.
Real — Kurtua, Dumfris (Guler, 59), Konate, Ryudiger, Kukurelya (Karreras, 78), Chuameni (Silva, 70), Valverde, Diomande (Espi, 78), Bellinghem, Vinisius (Endrik, 59), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Manchini (60), Uesli (70), Pellegrini (89), Karreras (90+5).
Aston Villa — Fenerbahche 6:0
Gollar: Manzambi (12), Jekson (31, 39), Barkli (68 penalti, 72), Abraham (90).
Budyo-Glimt — Borussiya D 1:0
Gol: Sovold (52).
Betis — Portu 3:2
Gollar: Ezzalzuli (47), Kucho (74), Isko (84, penalti) — Veyga (54), Omorodion (61).
Shaxtyor — AEK 3:1
Gollar: Pedrinyu (34, penalti), Brinioli (80, avtogol), Mendoza (86) — Mayer (28).
Slovan — Shtutgart 0:3
Gollar: Undav (29), Kruz (65, avtogol), Demirovich (90).
YChL. «PSJ» «Siti» maydonida 4 ta gol urdi, «Real» Rimda fantastik kambek amalga oshirdi
Futbol
14 oktabr, 17:00
81
«Betis»da ham irodali g‘alaba, «Aston Villa» «Fenerbahche»ga 6 ta gol urdi, «Borussiya D» Norvegiyada yutqazdi.
Foto: Real Madrid
14.10.2026
FT
Chempionlar ligasi
Manchester Siti
2
:
4
Paris Saint-Germain
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi