US Open-2024 finalchisi, jahonning to‘rtinchi raketkasi, amerikalik tennischi Jessika Pegula va «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalar ikki karra g‘olibasi, jahon reytingining 5-raqami, amerikalik Kori Gauff yakkalik bahslarida WTA-2026 yakuniy musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlab o‘tamiz, Pegula ham, Gauff ham faoliyatida ketma-ket beshinchi marta yakuniy turnirda o‘ynaydi (2022 — 2026-yillar oralig‘ida).
Ma’lumot uchun, Gauff 2024-yildagi yakuniy musobaqada g‘olib bo‘lgan. Pegula esa 2023-yil musobaqa finaliga yetib borgan.
WTA-2026 yakuniy musobaqasi 8 — 15 noyabr kunlari AQSHning Indian-Uells shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili yakuniy musobaqa bosh sovrini qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakinaga nasib qilgan edi.