Live
5
O'zbek

«Milan» Pavlovich bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
14 oktabr, 10:55
Himoyachi 2024-yil yozidan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda.
«Milan» Pavlovich bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Getty Images

«Milan» himoyachi Strahinya Pavlovich bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchining «rossoneri» bilan shartnomasi 2031-yil yoziga qadar amal qiladi. Shuningdek, bitimda shartnomani yana uzaytirish bandi ham ko‘zda tutilgan.

Pavlovich serb futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida «Partizan», «Monako», «Serkl Bryugge», «Bazel» va «Zalsburg» klublarida to‘p tepgan. Himoyachi 2024-yil yozidan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Shu vaqtga qadar Pavlovich milanliklar safida barcha turnirlarda 80 ta uchrashuvda maydonga tushib, yettita gol va to‘rtta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni vaqtdagi bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar