Live
7
O'zbek

OChL-2. «Nasaf» Qarshida «Al Vahda»ga yutqazdi

Futbol
14 oktabr, 11:40
    138
O‘zbekiston milliy jamoasi posboni Ne’matov penaltidan foydalana olmadi.
OChL-2. «Nasaf» Qarshida «Al Vahda»ga yutqazdi
Foto: FC Nasaf
14.10.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi 2 Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi 1 : 2 Al-Wahda Al-Wahda

Osiyo Chempionlar ligasi 2-turida «Nasaf» (1) o‘z uyida BAAning «Al Vahda» (6) klubi bilan bahs yuritib, imkoniyatni boy berdi.

Krupskiyning dubliga Abduxoliqov bir bor javob berdi. Shuningdek, qarshiliklar posboni Abduvohid Ne’matov penaltidan foydalana olmadi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Al Kuvayt» (0) «Al Xolidiya»ni (1) qabul qiladi.

OChL-2. 2-tur
Nasaf — Al Vahda 1:2

14 oktabr, Qarshi, «Markaziy» stadioni
Gollar: Abduxoliqov (47) — Krupskiy (23,39).
Foydalanilmagan penalti: Ne’matov (38).
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, Zafarmurod Abdurahmatov (Diyor Abdunazarov, 74), G‘olib G‘aybullayev, Alibek Davronov (Dilshod Murtazoyev, 74), Sharof Muhiddinov, Umar Eshmurodov, Oybek Rustamov (Sardor Bahromov, 46), Abbos G‘ulomov (Pata Gudushuari, 74), Murod Rahmatov, Adenis Shala, Yusuf Otubanjo (Bobur Abduxoliqov, 46).
Al Vahda — Fakundo, Burgash (Guga, 79), Pimenta, Gorbani, Al Majid, Jadsom, Diarra (Agbinon, 68), Hamad, Gnezda, Krupskiy (Og‘bu, 79), Benteke.
Ogohlantirishlar: G‘aybullayev (14), Rustamov (29), Jadsom (76), Gudushuari (83).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Al-Wahda Al-Wahda
  • Osiyo Chempionlar Ligasi 2 Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

138 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar