Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio klubdan Endrikning ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi. Avvalroq braziliyalik muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klubga o‘tishi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
«Endrikning ijaraga ketishi? Yo‘q, yo‘q, bu haqda unuting. Agarda uning xizmatlariga qiziqib qolgan klublar bo‘lsa, ular bemalol o‘tirib olishlarini maslahat beraman, sababi kutaverib, ularning oyoqlari og‘rib ketishi mumkin. Endrik – men yaxshi ko‘radigan futbolchi. Uning ulkan salohiyati bor va biz uchun muhim o‘yinchi. Uni o‘z safida ko‘rishni istaganlar men bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi, sababi men uni shu yerda porloq kelajak kutayotganiga ishonchim komil», - deya Mourinio so‘zlaridan iqtibos keltirdi TNT Sports Brazil.
Eslatib o‘tamiz, «Real» UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 2-turi doirasida safarda «Roma»ga qarshi maydonga tushadi.