«Manchester Siti» sobiq vingeri Riyoz Mahrez faoliyatini Qatarda davom ettiradi.
Jazoirlik 35 yoshli futbolchi Elit OChLda o‘ynayotgan «Ash Shamal» klubi bilan shartnoma imzoladi. U yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Mahrezning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining «Al Ahli» jamoasi bo‘lgan. U jiddaliklar safida so‘nggi ikki mavsumda Elit OChL g‘olibiga aylangandi.
Riyoz faoliyati davomida «Lester» va «Manchester Siti» klublarida o‘ynab, ikki jamoa bilan ham APL chempionligini qo‘lga kiritgan.
«Ash Shamal» Qatar yulduzlar ligasida 5 o‘yinda 8 ochko to‘plab, 5-o‘rinni egallab turibdi.
Mahrez — «Ash Shamal» futbolchisi
Futbol
14 oktabr, 12:23
5
«Man Siti» sobiq vingeri faoliyatini Qatarda davom ettiradi.
Foto: Al Shamal
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi