Markaziy himoyachi Fikayo Tomori «Milan» klubi rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi. Bu haqda italiyalik insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli angliyalik markaziy himoyachi va «rossoneri» o‘rtasidagi muzokaralar berk ko‘chaga kirib qolgan. Tomori kelasi yil yozda Italiya klubini erkin agent sifatida tark etishga yaqinligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Fikayo 2021-yildan buyon «Milan» safida to‘p tepib kelmoqda. Himoyachining aktual transfer narxi o‘n million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Tomori A Seriya doirasida 33 ta bellashuvda maydonga tushib, ikkita assist berdi, 6 ta sariq kartochka va 1 ta qizil kartochka ishlab olgan.