Live
5
O'zbek

Rodri «Galatasaroy»ga qarshi o‘yin haqida: «Umrimda bunaqasini ko‘rmaganman»

Futbol
14 oktabr, 11:26
«Barselona» futbolchisi YECHL umumiy bosqich 2-turi doirasida «Galatasaroy»ga qarshi bahs taassurotlari bilan bo‘lishdi.
Rodri «Galatasaroy»ga qarshi o‘yin haqida: «Umrimda bunaqasini ko‘rmaganman»
Foto: Gettyimages
13.10.2026 FT Chempionlar ligasi Galatasaray Galatasaray 1 : 4 Barselona Barselona

«Barselona» yarimhimoyachisi Rodri Ernandes UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 2-turi doirasida «Galatasaroy»ga qarshi kechgan bahs taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu juda og‘ir o‘yin edi. «Galatasaroy»ga qarshi safarda o‘ynash doimo qiyin bo‘lib kelgan. Biz muxlislar bosim qilishini bilardik, ammo bunaqasini umrimda ko‘rmaganman. Ularning hushtakbozligi va o‘z jamoasi futbolchilarini qo‘llab-quvvatlashi — bu aql bovar qilmaydigan narsa», — dedi Rodri.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinda hisobni «Galatasaroy» ochgan edi, lekin ikkinchi bo‘limda «Barselona» o‘yin taqdirini o‘z tomoniga og‘dirib, yakunda 4:1 hisobida zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, YECHL keyingi turida Flik shogirdlari safarda Parijning «Pari Sen-Jermen» jamoasi bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar