«Barselona» yarimhimoyachisi Lamin Yamal har bir bahsda gol urishga intilishini ta’kidladi. Ispaniyalik futbolchining so‘zlarini The Touchline sahifasi keltirdi.
«Menda doimo gol urish istagi bor. Har doim bunga chanqoq bo'laman. Kim nima desa desin, menga farqi yo'q. O'z uslubimni va o'zligimni yo'qotmagan holda yo'limda davom etaman», — dedi Yamal.
Kataloniyaliklar so‘nggi bahsini Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida safarda Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga qarshi o‘tkazdi. Hans-Diter Flik shogirdlari 1:4 hisobida ortda borayotgan raqib ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Yamal esa ushbu bellashuvda gol ura olmadi.
Ma’lumot uchun, «Barselona» navbatdagi bahsini Ispaniya chempionati doirasida Sevilyaning «Betis» klubiga qarshi o‘tkazadi.