«Leypsig» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida Niderlandiyaning PSV klubini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba nemis jamoasi uchun barcha musobaqalar doirasida o‘z maydonida ketma-ket to‘qqizinchi zafar bo‘ldi.
«Leypsig» bunday natijaga avval 2020-yilda erishgan. Shu tariqa, klub o‘z tarixidagi rekord seriyasini takrorladi.
Bundan tashqari, nemis jamoasi o‘z maydonida ketma-ket to‘rtinchi liga bahsida ham darvozasidan gol o‘tkazmadi. Bu natija ham klub uchun yangi rekord bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, «Leypsig»ning to‘qqizta ketma-ket uy g‘alabasidan iborat seriyasi nafaqat ushbu mavsum, balki o‘tgan mavsumdagi bahslarni ham qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida «Leypsig» PSV ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi.