«Bavariya» markaziy hujumchisi Harri Keyn Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi doirasida Norvegiyaning «Viking» klubiga qarshi kechgan bahsda dubl qayd etdi. Sermahsul bellashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Ushbu ikki gol evaziga angliyalik hujumchi Chempionlar Ligasidagi gollari sonini 57 taga yetkazdi. Shu tariqa, Keyn Madridning «Real» va «Manchester Yunayted» klublarida ham to‘p surgan niderlandiyalik sobiq hujumchi Rud van Nistelroy natijasidan o‘zib ketdi. Van Nistelroy hisobida 56 ta gol bor.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Keyn germaniyalik Tomas Myuller bilan 8–9-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar portugaliyalik Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobida 140 ta gol mavjud.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi