Bugun
61
O'zbek

Kompani: «Noyerning asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli juda past»

Futbol
13 oktabr, 04:10
«Bavariya» bosh murabbiyi «Augsburg»ga qarshi o‘yinda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan Manuel haqida gapirdi.
Kompani: «Noyerning asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli juda past»
Foto: Getty Images
13.10.2026 FT Chempionlar ligasi Viking Viking 3 : 3 Bavariya Bavariya

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani darvozabon Manuel Noyerning Chempionlar Ligasi doirasida «Viking»ka qarshi uchrashuvda ishtirok etishi so‘roq ostida ekanini ma’lum qildi.

«Augsburg»ga qarshi o‘yindan keyin uning noqulaylik his qilayotganini bildik. Bu qancha vaqt davom etishini aytish qiyin, ammo u kecha ham, bugun ham mashg‘ulotlarda qatnashmadi.

O‘zini oqlamaydigan tavakkalga borishdan ma’no yo‘q. Uning o‘yin uchun qaydnomaga kiritilishini bilmayman, ammo asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli juda past. Keyin vaziyatga qarab ish tutamiz.

Biz Manuel mashg‘ulotlarga qaytadi deb umid qilgandik. Buni jarohat deb atashni istamayman, ammo u hanuz noqulaylik his qilmoqda va ahvolida yaxshilanish yo‘q.

Vaqti kelib, chora ko‘rish kerakligini tushunasan. Agar u 100 foiz tayyor bo‘lmasa, uning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaymiz», — deya Kompanining so‘zlarini keltiradi «Bavariya» rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklarning Bundesliga doirasida «Augsburg»ga qarshi o‘tgan avvalgi uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlangandi. Ushbu bahsning dastlabki soniyalarida Noyer yo‘l qo‘ygan xato Germaniya chempionati tarixidagi eng tezkor golga sabab bo‘lgandi.

Ma’lumot o‘rnida, «Viking» va «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13-oktyabrdan 14-oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Viking Viking
  • Bavariya Bavariya
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar