«Manchester Siti» klubi «Bavariya» yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovichni sotib olishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» germaniyalik 22 yoshli futbolchini sotib olish uchun «Real», «PSJ» va «Manchester Yunayted» jamoalari bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, ingliz klubi transferni amalga oshirish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Manchester klubi rahbariyati futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq nemislar uni jamoada saqlab qolishni istaydi.
Eslatib o‘tamiz, Pavlovich 2023-yildan beri Myunxen klubining asosiy jamoasida o‘ynab kelmoqda. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning 30-iyunigacha davom etadi.
Hozirda futbolchining transfer bozoridagi qiymati 90 million yevro deb baholanmoqda.