Live
2
O'zbek

«Barselona» bir shart evaziga Olmoni qo‘yib yuborishi mumkin

Futbol
12 oktabr, 08:16
    12
Futbolchiga «Bavariya» jiddiy qiziqmoqda.
«Barselona» bir shart evaziga Olmoni qo‘yib yuborishi mumkin
Фото: Getty Images

«Barselona» rahbariyati yarimhimoyachi Dani Olmoning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi ispaniyalik 28 yoshli futbolchiga «Bavariya»dan qiziqish bo‘layotganiga qaramay, uni sotishni rejalashtirmayapti.

Avvalroq «ko‘k-anorranglilar» Olmo uchun 80–90 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq manbaga ko‘ra, klub rahbariyati bunday variantni istisno qilgan.

Olmoni «Barselona»dan olib ketishning yagona yo‘li — shartnomada ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lash. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining shartnomasidagi tovon puli 500 million yevroni tashkil qiladi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Bu mavsumda Dani barcha turnirlarda to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Bavariya Bavariya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar