«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines «Atletiko»ga qarshi (2:0) bahsdagi mag‘lubiyatdan keyin jamoaning ahvoli haqida keskin fikr bildirdi. Futbolchi klub rahbariyatidan tarkibni kuchaytirish va raqobatbardosh jamoa tuzish uchun ko‘proq harakat kutayotganini ta’kidladi.
«Juda yomon, shunchaki dahshatli. O‘zimni tiyishimga to‘g‘ri kelyapti, ammo ba’zida bularning barchasi klubning ayni paytdagi holatini aniq aks ettiradi. O‘tgan mavsumda ajoyib o‘ynadik va endi klub rahbariyatidan ko‘proq narsa kutyapmiz. Raqobatlashish uchun ko‘proq futbolchilar kerak, chunki boshqa jamoalar ham ko‘plab yangi futbolchilarni tarkibiga qo‘shmoqda.
Men katta sarmoya kiritilishini kutyapman — bunga yuz foiz ishonaman! Texnik direktorimizdan ham ko‘proq harakat kutaman. Rostini aytsam, biz, futbolchilar ham ko‘proq ish qilishimiz kerak. Ammo bunday muhim bahslarga tayyor bo‘lish uchun kuchli tarkibga ham ega bo‘lish lozim.
Muammo murabbiyda deb o‘ylamayman. U qo‘lidan kelgan barcha ishni qilyapti. Murabbiyni qayta-qayta almashtirish mumkin emas. Boshqa sohalar-chi? Bu haqda ortiqcha gapira olmayman», — dedi Martines.
Ma’lumot uchun, Martines klub rahbariyatidan tarkibni kuchaytirish va jamoaning raqobatbardoshligini oshirish uchun ko‘proq mablag‘ ajratilishini kutayotganini ochiq bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik himoyachi «Manchester Yunayted» safida 2022-yildan buyon to‘p tepib kelmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi