Bugun
40
O'zbek

Luis Enrike «Oltin to‘p» haqidagi gap-so‘zlardan charchadim»

Futbol
13 oktabr, 16:14
30 nafar nomzod ro‘yxatidan parijliklar jamoasining 10 nafar futbolchisi o‘rin olgan.
Luis Enrike «Oltin to‘p» haqidagi gap-so‘zlardan charchadim»
Фото: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Oltin to‘p» mukofoti atrofidagi munozaralardan charchaganini ma’lum qildi. Ushbu nufuzli sovrin uchun e’lon qilingan 30 nafar nomzod ro‘yxatidan parijliklar jamoasining 10 nafar futbolchisi o‘rin olgan.

«Men «Oltin to‘p» haqidagi gap-so‘zlardan charchadim. Ushbu mukofot bizga nasib etishini istayman. Jamoamizda bu sovringa loyiq futbolchilar bor. O‘tgan yili eng yaxshi jamoa sifatida e’tirof etildik. Biz faqat Usmon Dembelening emas, boshqa futbolchilarimiz ham bu e’tirofga munosib ekanini isbotladik. «Oltin to‘p» haqidagi gaplar jonimga tegdi», — deya Enrikening so‘zlarini keltirmoqda Goal portali.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda «Oltin to‘p» mukofotini «PSJ» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan.

Bu yilgi mukofotni topshirish marosimi 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Bugungi yangiliklar