Live
3
O'zbek

Eddi Hau «MYU»ni boshqarishi mumkin

Futbol
13 oktabr, 05:15
«Qizil iblislar» Karrik o‘rniga boshqa nomzod qidirmoqda.
Eddi Hau «MYU»ni boshqarishi mumkin
Foto: Getty Images

«Nyukasl» sobiq bosh murabbiyi Eddi Hau «Manchester Yunayted»ning yangi murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, agar klub Maykl Karrikni iste’foga chiqarishga qaror qilsa, Hau «Manchester Yunayted»ni boshqarish taklifini ko‘rib chiqishi mumkin.

Hozircha «qizil iblislar» bosh murabbiyni vazifasidan ozod qilishni rejalashtirmayapti. Lekin shunday holat yuz bersa, klub uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarni o‘rganmoqda.

Ta’kidlanishicha, Hau yozda «Nyukasl»ni tark etganidan keyin murabbiylik faoliyatida tanaffus olishga qaror qilgan. Biroq manchesterliklardan tushadigan taklif uni yana ishga qaytishga undashi mumkin.

Avvalroq ayni paytda ishsiz bo‘lib turgan Yulian Nagelsmann ham mankunianliklarning taklifini tinglashga hamda klub loyihasi bilan tanishishga tayyor ekani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, APLning 6-turida Karrik shogirdlari o‘z maydonida «Tottenhem» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ayni paytda jamoa olti ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar