«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Matteys de Ligt og‘ir jarohatidan so‘ng safga qaytmoqda.
Niderlandiyalik futbolchi bel qismidagi jiddiy muammolar sababli 2025 yil noyabr oyidan buyon deyarli bir yil davomida maydonga tushmagan.
CentreGoals nashri xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi jarohatidan to‘liq tiklangan va Chempionlar ligasida «Atletiko»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda ishtirok etishi mumkin. Jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrik uni safar o‘yini uchun qaydnomaga kiritgan.
«Qizil iblislar»ning «matraschilar»ga qarshi bahsi bugun, 13 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Angliya Premyer-ligasida mankunianliklar 6 ta turdan so‘ng 6 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinni egallab turibdi.