«Manchester Yunayted» himoyachisi Leni Yoro faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. Fransiyalik futbolchiga Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Bavariya» vakillari 20 yoshli himoyachining «Manchester Yunayted»dagi holatini diqqat bilan kuzatmoqda. Yoroning transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.
Fransiyalik futbolchining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Yoro ushbu mavsumda «Manchester Yunayted»ning asosiy tarkibidan muntazam o‘rin ololmayapti. U Angliya Premyer-ligasida hozirgacha uchta bahsda maydonga tushgan.