Opta superkompyuteri UEFA Chempionlar ligasining ushbu mavsumi g‘olibini aniqlash bo‘yicha o‘z prognozini taqdim etdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, bu mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish uchun eng katta imkoniyat o‘tgan mavsum finalchisi — Londonning «Arsenal» klubida. «To‘pchilar»ning g‘alaba qozonish ehtimoli 21 foizga baholangan. Ikkinchi o‘rinda — «Manchester Siti» (18 foiz). Kuchli uchlikdan esa Myunxenning «Bavariya» klubi (17 foiz) joy olgan.
Bugun, 13-oktyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turi start oladi. Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da «Arsenal» o‘z maydonida «Lill»ni qabul qiladi, «Bavariya» esa Norvegiyaning «Viking» klubi mehmoni bo‘ladi.
«Manchester Siti» 14-oktyabr kuni o‘z maydonida «PSJ»ga qarshi bahs olib boradi.
Opta YChL favoritlarini ma’lum qildi — «PSJ» va «Barsa» uchlikda yo‘q
Futbol
13 oktabr, 09:55
Superkompyuter uchligidan APLning ikki klubi o‘rin oldi.
Foto: Getty Images