Live
2
O'zbek

«Yuventus» Ronaldu bilan sudlashishda davom etadi

Futbol
13 oktabr, 09:15
    12
Turin klubi portugaliyalik futbolchiga 9,8 million yevro to‘lash majburiyatiga oid qaror ustidan yana shikoyat qildi.
«Yuventus» Ronaldu bilan sudlashishda davom etadi
Foto: Getty Images

«Yuventus» Krishtianu Ronalduga to‘lanishi kerak bo‘lgan maosh yuzasidan sud jarayonini davom ettirmoqchi. Turin klubi Italiya Oliy kassatsiya sudiga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, futbolchiga 9,8 million yevro to‘lash majburiyatini yuklagan qarorga e’tiroz bildirdi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Nizo besh yil avval, portugaliyalik hujumchi «Yuventus»ni tark etib, «Manchester Yunayted»ga qaytganidan keyin yuzaga kelgan. Ish koronavirus pandemiyasi davrida maoshlar to‘lovini kechiktirish bilan bog‘liq. OAV xabarlariga ko‘ra, klub Ronalduga 19,5 million yevro to‘lash majburiyatini olgan.

2024-yil aprel oyida arbitraj futbolchiga dastlab talab qilingan summaning taxminan yarmini to‘lash haqida qaror chiqargan. Shu bilan birga, sudyalar klub futbolchini ataylab chalg‘itgan degan xulosaga kelmagan. «Yuventus» qaror ustidan shikoyat qilgan, biroq 2026-yil yanvarida sud bu murojaatni rad etib, dastlabki qarorni o‘z kuchida qoldirgan.

Ma’lumot uchun, «Yuventus» Italiya Oliy kassatsiya sudiga yangi murojaat qilganini 2025/26-yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotida tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi sanasi hozircha belgilanmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar