«Yuventus» klubi hujumchi Kenan Yildiz bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Qayd etilishicha, turkiyalik 21 yoshli futbolchiga Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, «zebralar» Yildizni jamoada saqlab qolishni istamoqda.
Agar klub Kenan bilan xayrlashmoqchi bo‘lsa, uning transferi uchun kamida 120–150 million yevro talab qilishi mumkin.
Ayni paytda futbolchiga «Real», «Bavariya», «Arsenal» va «Tottenhem» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda. Futbolchining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq «Yuventus» «Benfika» hujumchisi Vangelis Pavlidisning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borayotgani xabar qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi