Live
4
O'zbek

Laporta: «Barselona» Yevropa va dunyodagi eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda»

Futbol
13 oktabr, 07:45
    25
«Barselona» prezidenti Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoaning o‘yin uslubidan mamnun.
Laporta: «Barselona» Yevropa va dunyodagi eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda»
Foto: Getty Images
13.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Galatasaray Galatasaray - : - Barselona Barselona

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning Hans-Diter Flik qo‘l ostida namoyish etayotgan futboliga yuqori baho berdi. Uning so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

«Barselona» Yevropa va dunyodagi eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda! Biz tomoshabop futbol ko‘rsatamiz. Odamlarga yoqadigan, zavq bag‘ishlaydigan o‘yin namoyish etyapmiz. Futbol muxlislari va “Barselona” ishqibozlari jamoamizning o‘yin uslubidan zavqlanmoqda», — dedi Laporta.

Ma’lumot uchun, «Barselona» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida Istanbulda «Galatasaroy» mehmoni bo‘ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 13-oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar