«Galatasaroy» bosh murabbiyi Okan Buruk Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Barselona»ning qanchalik kuchli ekani va qanday futbol o‘ynashini tushuntirishning hojati yo‘q. Biz yaxshi formada bo‘lgan paytlarimizda futbolchilar bilan birgalikda ushbu stadionda katta yutuqlarga erishganmiz.
Bizning maqsadimiz har doim bir xil — g‘alaba qozonish. Hamma «Barselona»ni favorit deb hisoblaydi, ammo tarkibimizda ularga qarshi kurashishga tayyor va muvaffaqiyatga chin dildan ishonadigan futbolchilar bor», — dedi Buruk UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Shuningdek, murabbiy jamoasi himoyada e’tiborli harakat qilishi va hujumda shoshilmasligi kerakligini ta’kidladi.
«Hujumda xotirjamlikni saqlashimiz va to‘pni nazorat qilishimiz kerak. Bu mavsumda «Barselona» kam gol o‘tkazib yubormoqda.
Kataloniyaliklar — raqibga o‘z o‘yinini o‘tkazishga harakat qiladigan jamoa. Xatolar sonini imkon qadar kamaytirishimiz lozim, chunki ular har qanday xatoni jazolaydi», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, «Galatasaroy» — «Barselona» uchrashuvi 13-oktabrdan 14-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi