Live
4
O'zbek

Flik: «Galatasaroy» stadionidagi muhit va shovqinga tayyor bo‘lishimiz kerak»

Futbol
13 oktabr, 06:11
«Barselona» bosh murabbiyi Istanbuldagi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Flik: «Galatasaroy» stadionidagi muhit va shovqinga tayyor bo‘lishimiz kerak»
Foto: Getty Images
13.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Galatasaray Galatasaray - : - Barselona Barselona

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 2026/2027-yilgi mavsum UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-tur doirasidagi «Galatasaroy»ga qarshi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jamoalar o‘rtasidagi bahs 13 oktabr kuni Istanbuldagi «RAMS Park» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuvni italiyalik hakam Marko Gvida boshqarib boradi.

— Bo‘lajak o‘yindagi muhitga tayyor bo‘lishimiz kerak. Bu yerdagi shovqin — dunyodagi eng kuchlilaridan biri. Shunchaki aql bovar qilmas darajada!

Stadiondagi shovqin-suron ajoyib. Raqibimiz top-klublarga qarshi ancha yaxshi o‘ynay boshladi. Shuning uchun jamoaviy birdamlikni saqlashimiz kerak.


— O‘yin favoriti sifatidagi maqomingiz bosim o‘tkazyaptimi?

— Men har doim mashg‘ulotlarimiz qanday o‘tayotganidan mamnun ekanimni aytaman. Biroq har bir bahs bir-biridan farq qiladi. Bizni qiyin o‘yin kutmoqda. Bu yerda o‘ynash — katta imtiyoz. Ammo futbolda vaziyat har qanday paytda o‘zgarishi mumkin. Biz tayyormiz,
— deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar