Live
4
O'zbek

«Barselona» APLda o'ynayotgan himoyachiga qiziqmoqda

Futbol
13 oktabr, 05:10
«Tottenhem» futbolchisi Pedro Porro Kataloniya klubiga o‘tish va Ispaniyaga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda.
«Barselona» APLda o'ynayotgan himoyachiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» «Tottenhem»ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porroni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Diario AS nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq bu masala Jyul Kunde kelajagiga bog‘liq.

Qayd etilishicha, Porro yaqinda «Tottenhem» bilan shartnomasini uzaytirganiga qaramay, Ispaniyaga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Himoyachi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda to‘rtta bahsda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Ma'lumot uchun, Porroning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar