Live
2
O'zbek

Rasman: Karvaxal «Xetafe» bilan shartnoma imzoladi

Futbol
13 oktabr, 04:30
    8
«Real»ning sobiq sardori faoliyatini Madridning boshqa bir klubida davom ettiradi.
Rasman: Karvaxal «Xetafe» bilan shartnoma imzoladi
Foto: Getty Images

Madridning «Xetafe» klubi Daniyel Karvaxal bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 34 yoshli himoyachi seshanba kuni yangi jamoasi bilan mehnat shartnomasini imzolagan. La Liga rahbariyati kelishuvni tasdiqlagan va futbolchining erkin agent sifatida amalga oshirilgan transferi rasman yakunlangan. Shartnoma 2027-yil yozigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Karvaxal 2013–2026-yillar davomida «Real» safida to‘p tepdi. Biroq o‘tgan mavsum yakunlangach, madridliklar bilan xayrlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 8-turidan so‘ng «Xetafe» sakkiz ochko bilan turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar