Live
4
O'zbek

APLning 3 klubi Endrik uchun da’vogar

Futbol
12 oktabr, 01:38
Endrikning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
APLning 3 klubi Endrik uchun da’vogar
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik yanvar oyidayoq Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan Unai Emeri boshqaruvidagi «Aston Villa» manfaatdor. Birminghem­liklar qishki transfer oynasida hujumchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Biroq «Aston Villa» bu borada «Tottenhem» va «Manchester Yunayted» bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Har ikki klub ham braziliyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Yozgi transfer vaqtida klub futbolchini ijaraga berishni istamagandi. Biroq hozirga kelib vaziyat o‘zgargan. Madridliklar hujumchi bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Endrikning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Tottenhem Tottenhem
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar