«Tottenhem» hujumchisi Dominik Solanke jamoa tarkibini kuchaytirish rejalariga qaramay, klubni tark etish niyatida emas. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, angliyalik 29 yoshli forvard «shporlar» safida qolish va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishga qat’iy qaror qilgan.
Londonliklar yanvar oyida yana bir hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Biroq bu transfer Solankega o‘rinbosar topish emas, balki jamoa ichidagi raqobatni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» Solankeni 2024-yilda «Bornmut»dan 65 million yevroga sotib olgan edi.
Bu mavsumda esa Dominik barcha turnirlar doirasidagi sakkizta uchrashuvda ikki marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Hujumchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.