Bugun
75
O'zbek

«MYU» va «Manchester Siti» tovon puli 500 mln bo‘lgan argentinalikka qiziqib qolgan

Futbol
11 oktabr, 04:30
Juliano Simeone faoliyatini Manchester klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
«MYU» va «Manchester Siti» tovon puli 500 mln bo‘lgan argentinalikka qiziqib qolgan
Foto: Gettyimages

Jurnalist va insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, Angliya Premer-ligasi vakillari tomonidan bo‘layotgan qiziqishlarga qaramay, Juliano Simeone Madridning «Atletiko»sidan ketish niyatida emas.

Yarimhimoyachi xizmatlariga Angliyaning «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va Londonning «Tottenhem» klublari qiziqish bildirmoqda va futbolchi atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Diyego Simeonening o‘g‘li bo‘lgan Julianoning transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda. Uning «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ta’kidlash lozim, Simeonening shartnomasida tovon puli borasida maxsus band bor. Istalgan klub 500 million yevro to‘lab, futbolchini Madriddan olib ketishi mumkin.

Ma’lumot uchun, La Liga yangi mavsumida Juliano 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urib, sheriklariga 2 marta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Tottenhem Tottenhem
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar